12 may – Xalqaro Hamshiralar kuni munosabati bilan Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida hamshiralar uchun bayramona tadbir tashkil etildi. Tibbiyot sohasida 🏥 fidokorona xizmat ko‘rsatib kelayotgan 70 nafar hamshiraga 🎁 esdalik sovg‘alari, 50 nafar faol hamshiraga esa 🏅 rag‘batlantiruvchi pul mukofotlari tashlab berildi.
Tadbir davomida o‘zining kasbiy mahorati ✨, mehr-oqibati va izlanuvchanligi bilan ajralib turgan bir guruh hamshiralar alohida e’tirof etildi.
“Hamshira–2025” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 3-o‘rin 🥉 egallagan Chorshanbieva Shamsiya hamda
“Eng yaxshi reanimatsiya va anesteziologiya bo‘limi hamshirasi” nominatsiyasida viloyat bosqichi 1-o‘rin 🥇 g‘olibi bo‘lgan Orziqulova Nigora markaz rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar 🎉 bilan taqdirlandilar.
Bu kabi e’tibor va e’tiroflar, shubhasiz, hamshiralarimizni yanada mas’uliyatli, mehrli va fidoyi bo‘lishga undaydi .