Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazining laboratoriyasiga yangi asbob-uskunalar olib kelindi. Hozirgi kunda markaz laboratoriyasida 150 dan ortiq kasalliklarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan tekshiruvlar amalga oshirilmoqda hamda ayrim kasalliklarni aniqlash uchun o’tkaziladigan tekshiruvlar viloyatimizdagi faqat ushbu laboratoriyada amalga oshirilmoqda.
Unda vazirlik Markaziy apparati xodimlari, ixtisoslashtirilgan markazlar, respublika davolash muassasalari va tibbiyot oliy o’quv yurtlari rahbarlari, joylardagi studiyalardan barcha hududiy boshqarmalar hamda tuman tibbiyot birlashmalari boshliqlari, shuningdek O’zbekiston hisob palatasi mas’ul xodimi ishtirok etyapti. Yig’ilishda Sog’liqni saqlash vaziri v.b. A.Xudayarovning joriy yil birinchi yarim yilligida Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Namangan, Jizzax, Samarqand, Farg’ona, Surxondaryo va Qashqadaryo […]
Tahlillarga ko’ra, hozir dunyo bo’yicha bolalar tserebral falajidan aziyat chekayotgan 17 million nafar bemor ro’yxatga olingan. Ammo ushbu kasallik ko’pincha kech bosqichda aniqlanishini inobatga olsak, Real raqamlar yanada yuqori bo’lishi mumkin. Xo’sh, bu qanday xastalik? Kelib chiqish omillari va yaqqol alomatlari qaysilar? Xastalikni to’liq davolasa bo’ladimi? Mazkur savollarga bolalar milliy tibbiyot markazi nevrologi Dilnoza Odilovadan […]
Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markaziga Germaniyada ishlab chiqarilgan yuqori texnologik operatsiya qilishga mo‘ljallangan videolaparaskop uskunasi barcha jamlanmalari bilan olib kelindi. Ushbu uskuna yordamida markazda endi yuqori texnologik kam invazivli (laparackopiya, torakoskopiya) operativ amalyotlari yo‘lgan qo‘yildi.
Bugun 14 iyun — Butunjahon qon donorlari kuni. Ushbu infografikada Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining dunyo bo’yicha qon donori bo’lish normalari aks etgan. Sana munosabati bilan SSV matbuot xizmati qator materiallarni e’tiboringizga havola qiladi. Sog’liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.
To’rt fasl to’kis bo’lgan yurtimizda yoz mavsumi boshlanmoqda. Tabiiyki, bu davrda turli vitamin va minerallarga boy sarxil mevalar pishib etiladi. Qolaversa, ushbu faslda aholi, ayniqsa, bolalar o’rtasida avj oladigan mavsumiy kasalliklar bor. Ulardan biri — o’tkir diareyadir. — O’tkir diareya – xalq orasida ichburug’, ich og’rig’i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo’lib, ichak yo’llarining […]