Qashqadaryo Viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazi rahbari va xodimlari Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida bo‘lib o‘tgan “Karera-2025” mehnat yarmarkasida ishtirok etishdi. Bugun, Toshkent davlat tibbiyot universitetida bitiruvchi talabalar uchun yirik mehnat yarmarkasi — “Karyera 2025” tashkil etildi. Tadbir sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari bilan bitiruvchi yosh mutaxassislar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, bandlik masalalarini hal etish va kasbiy […]
12 may – Xalqaro Hamshiralar kuni munosabati bilan Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida hamshiralar uchun bayramona tadbir tashkil etildi. Tibbiyot sohasida 🏥 fidokorona xizmat ko‘rsatib kelayotgan 70 nafar hamshiraga 🎁 esdalik sovg‘alari, 50 nafar faol hamshiraga esa 🏅 rag‘batlantiruvchi pul mukofotlari tashlab berildi. Tadbir davomida o‘zining kasbiy mahorati ✨, mehr-oqibati va izlanuvchanligi bilan ajralib turgan […]
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan siz, aziz hamshiralarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!👩⚕️✨ Har bir bemorning sog‘ligiga mehr bilan yondashishingiz, tinimsiz mehnatingiz, sabr-toqatingiz va halolligingiz bilan siz har kuni mo‘jiza yaratib kelmoqdasiz. Sizning qo‘llaringiz — shifo, yuragingiz — mehr, ko‘zingizda esa umid porlaydi.💫 Sizlar nafaqat sog‘liqni tiklaysiz, balki insonlarga taskin, oilalarga ishonch, jamiyatga esa najot […]
Sog‘lomlashtirish va tabiat bilan uyg‘un hayot tarzini targ‘ib qilayotgan markaz hududida tashkil etilgan issiqxona bugun o‘zining ilk barakali mevalarini bera boshladi. Mehr bilan parvarish qilingan nihollar mehnat samarasini ko‘rsata boshladi — pomidorlar asta-sekin qizargancha hosilga aylanmoqda. Issiqxonadagi mahsulotlar — bu nafaqat toza va tabiiy oziq-ovqat, balki markaz jamoasining sog‘lom hayotga intilishi, o‘zaro birdamlik va hamjihatlikning […]
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Moskva shahar silga qarshi kurash ilmiy-amaliy markazi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Natijada rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda yurtimizda bu yo’nalishda joriy qilingan yuqori texnologik davolash usullarining soni yanada ortishi ko’zda tutilmoqda. Bu operasiyalar orqali bemorlarning hayoti qay tarzda o’zgaradi? Memorandum doirasida qanday ishlar amalga oshiriladi? SSV matbuot […]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 — 2026-yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-12-son qarori ijrosi doirasida, chekka hududlarda yashovchi aholining sog‘lig‘ini erta tashxislash va sil kasalligini oldini olish maqsadida Respublika silga qarshi “Global jamg‘arma” tomonidan ikki dona to‘liq jihozlangan Fujifilm sun’iy intellektga ega ultraportativ rentgen apparatlari yetkazildi. Zamonaviy tibbiy texnologiyalar Kitob tumanidagi […]