Yurtimizda Istiqlol bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida, 2025-yil 22–23-avgust kunlari, Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan hasharda markaz xodimlari, shifokorlar, hamshiralar hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar faol ishtirok etdi. Tadbir davomida markaz hovlisi tozalanib, atrof-muhit saranjom-sarishta qilindi, […]