Shavkat Gapparov munosib tarzda yangi lavozimga kuzatildi
17 сентября 2025
Admin
0 Comments
Shu kunga qadar Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi direktori sifatida samarali faoliyat yuritgan, jamoa ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lgan Gapparov Shavkat Xasanovich — Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi.
Yangi lavozimga kuzatish munosabati bilan tashkil etilgan tashkiliy yig‘ilishda markaz jamoasi vakillari Shavkat Gapparovga iliq tilak va samimiy ehtiromlarini bildirdi. O‘zbekona an’analar asosida unga zar to‘n kiydirilib, yangi lavozimda muvaffaqiyatlar tilandi.
Ma’lumot o‘rnida, Gapparov Shavkat Xasanovich rahbarligi ostida Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida sezilarli yutuqlar qayd etildi. U ikki yil davomida markazni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va xizmat sifatini oshirishga katta hissa qo‘shdi. Ayniqsa, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish uchun laparaskop uskuna sotib olindi.
Bundan tashqari, markazning besh nafar shifokori qayta ixtisoslashtirish kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Markazda 30 o‘rinli zamonaviy reabilitatsiya markazi tashkil etilib, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarining soni 19 tadan 74 taga ko‘paytirildi.
Markazning byudjetdan tashqari mablag‘ tushumi 2023-yilda 324 million so‘mdan 2,1 milliard so‘mga ko‘tarilib, moliyaviy barqarorlik va mustahkam o‘sish ko‘rsatkichlariga erishildi.