Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar markazimizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga yakinlashib kelayotgan nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.
Aziz va muxtaram opa-singillar!
Barchangizni yer kurramizda keng miqyosda nishonlanib kelinayotgan 8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlab, Sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizda to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu- hurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-angi zafarlar tilayman.
Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi Sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin
Viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi Direktori M.X.Ravshanovga , ma’muriyat xodimlariga bugungi kungi tabriklari va e’tibor uchun xotin-qizlarimiz nomidan raxmat aytamiz.