Qashqadaryo Viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida tashkil etilgan kutubxona fondi boyitildi
4 мая 2026
Admin
0 Comments
Biroz vaqt oldin Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazining reabilitatsiya bo‘limida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi. Kutubxona fondida tibbiy, siyosiy, jahon va o‘zbek adabiyotining eng sara namunalaridan joy olgan bo‘lib, bemorlar va ishchi xodimlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.
Kutubxonadan foydalanish bemorlar uchun nafaqat bilim olish, balki ruhiy dam olish va stressdan xalos bo‘lish imkoniyatini yaratdi. Ishchi xodimlar uchun esa kutubxona o‘z malakalarini oshirishda muhim resursga aylandi.
Ushbu tajriba asosida kutubxona fondi sezilarli darajada boyitildi, shuningdek, foydalanuvchilarning qulayligi uchun sovutish tizimlari o‘rnatildi. Bu yangilanishlar kutubxonaga tashrif buyuruvchilarga yanada qulay va yoqimli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Markaz mutaxassislari kutubxonaning bemorlar va xodimlar uchun foydaliligi haqida ijobiy fikr bildirib, uni yanada rivojlantirish rejalari borligini ta’kidlashmoqda. Bunday madaniy-ma’rifiy tashabbuslar sog‘liqni tiklash jarayonini samarali qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.