Nishon tumani Yangiobod oilaviy shifokorlik punktida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Ushbu qabul davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, ayniqsa tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti hamda shifokorlar faoliyatiga oid masalalar atroflicha o‘rganildi.
Fuqarolarning murojaatlari mas’ullar tomonidan tinglanib, ularga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, murojaatlarning asosiy qismi viloyat darajasida tibbiy xizmat olish bilan bog’liq bo’lganligi sababli 215 nafardan ortiq aholi bepul tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Zarur tibbiy tavsiyalar berildi.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati