Bo‘limga yotqizilgan bemorlarga tashxis qo‘yishda MRT,MSKT tekshiruvi, Kontrastli KT,rentgenologik, bakteriologik mikroskopik, GeneXpert, gistologik, sitologik xamda PSR (polemeraz zanjirli reaksiya), tekshiruv usullaridan keng foydalanib kelinmoqda.
O‘pkadan tashqari jarroxlik bulimi - xozirgi kunda o‘pkadan tashqari azolar silining barcha turlari: suyak-bug‘im sili, siydik ajratish va tanosil azolari sili, periferik limfa bezlari sili, teri sili, kurish organlari sili va silning boshqa turlari bilan og‘rigan bemorlar davolanib kelmoqda. Bo‘limda xozirgi vaqtda silning barcha turlarida utkaziladigan jarroxlik muolajalari xamda yuqori innavatsion texnologiya asosida umurtqa pog‘onasida o‘tkaziladigan murakkab jarroxlik amaliyotlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Bo‘limda yotgan bemorlarni davolashda zamonaviy murakkab metallakonstruktor titan pirameshli setka quyish jarroxlik usuli,maloinvaziv jarroxlik amaliyotlari, fizioterapevtik usullar elektoroforez, dorsanval, UVCh, manual (massaj), fitoterapiya, etiopatogenetik, simptomatik, umumquvvat, katta va kichik bug‘imlarga dori yuborish (Plazmolifting), umurtqa pog‘onasi, bug‘imlar blokadasi amaliyotlaridan keng foydalaniladi.
O‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari
Bachadon va tuhumdon
Jigar va o't qopi
Endoprotez setka
Siydik tanosil
Pereferik limfa bezlar
Va boshqalar
Bo’lim xonalari
Bo’lim 25 ta xonalardan iborat bulib 40 o‘ringa muljallangan. Bo‘limda shifokorlar xonasi, katta xamshira xonasi, xujalik bekasi xonasi, tibbiyot xodimlar xonasi, bog‘lov xonasi, muolaja xonasi, bemorlar xonasi (15-palata), bemorlar uchun yuvinish xonasi, fitoterapiya xonasi, bemorlar oshxonasi, fizioterapiya va boshqa xonalardan iborat. Bemorlar yotishi uchun muljallangan xonalar asosan 1 nafar va 2 nafar bemorlar yotishiga muljallangan.