Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazi ma’muriyati tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan TABRIK.
Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazi ma’muriyati tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan TABRIK.
8 декабря 2025
Admin
0 Comments
Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!
🎉8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun yurtimizda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda muhim tarixiy sana sifatida keng nishonlanadi.
⚖️Konstitutsiyamiz – Vatanimiz taraqqiyoti, jamiyat barqarorligi va fuqarolar farovonligining ishonchli kafolatidir. Unda belgilangan tamoyillar davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash tizimi va fuqarolar hayotining barcha jabhalarida adolat, tenglik va qonun ustuvorligini ta’minlab kelmoqda.
➕Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazi ma’muriyati ushbu qutlug‘ munosabati bilan barcha tibbiyot xodimlarini, bemorlarimizni va hamkor tashkilotlarimizni samimiy muborakbod etadi.
Biz Konstitutsiyada belgilangan inson qadri, uning salomatligi va farovonligini ta’minlash borasidagi tamoyillarga sodiq qolgan holda:
☑️aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish,
☑️zamonaviy texnologiyalarni joriy etish,
☑️ professional malakani oshirish,
☑️bemorlar salomatligini ustuvor vazifa sifatida belgilashda izchil faoliyat yuritishda davom etamiz.
💫Sizlarga sog‘lik, tinchlik, farovonlik va barcha ezgu maqsadlarinizda muvaffaqiyat tilaymiz. Birgalikda sog‘lom avlod, sog‘lom jamiyatni yaratishda davom etamiz.
🇺🇿Konstitutsiya – yurtimiz ravnaqi va kelajagimizning mustahkam poydevori!
🎉Bayram barchangizga muborak bo‘lsin!
🏥✨Hurmat bilan,
Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazi ma’muriyati.