Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida xodimlar farzandlari uchun Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri
30 декабря 2025
Admin
0 Comments
Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida xodimlar farzandlari uchun Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir bolajonlarga quvonch, shodlik va bayramona kayfiyat ulashishga qaratildi.
🎭Viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining mazmunli va qiziqarli tomoshalari,
🧚♀️ertak qahramonlarining jonli chiqishlari,
⛄️Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi bayramona sahnalar
bolalarda katta qiziqish va iliq taassurotlar uyg‘otdi.
✨Tadbir davomida bolajonlarning samimiy kulgisi, faol ishtiroki va quvonchli lahzalari bayram kechasiga alohida fayz bag‘ishladi. Ushbu bayram bolalar ongida yangi yilga bo‘lgan umid ezgu orzular va yorqin xotiralar qoldirishga xizmat qildi.
🌟Mazkur tadbir orqali bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsad qilindi.
🎊Yangi yil barchamizga mustahkam sog‘liq , tinchlik-xotirjamlik , farovonlik va yangi yutuqlar olib kelsin. Bolajonlarimiz doimo sog‘lom, baxtli va kelajagi porloq bo‘lishini tilab qolamiz.
✨ Barchani Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! 🎉🎄