Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya Markaziga yangi zamonaviy narkoz apparati o‘rnatildi
3 декабря 2025
Admin
0 Comments
Markazimiz jarrohlik bo‘limi endi yuqori aniqlikdagi, xavfsiz va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan narkoz apparati bilan faoliyat yuritadi. Ushbu uskuna bemorlarga sifatli narkoz berish, jarrohlik amaliyotlarini aniq va ishonchli bajarish, shuningdek og‘ir holatdagi bemorlarni xavfsiz uyqu holatiga kiritish imkonini ta’minlaydi.
✅Yangi apparat bemorning hayotiy ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida nazorat qiladi ,jumladan yurak urishi, qon bosimi, nafas olish ritmi va kislorod darajasini kuzatadi. Bu esa amaliyot davomida shifokorlarga yuqori darajada nazorat va xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradi. Uskuna murakkab jarrohlik amaliyotlarida xavfsizlikni oshiradi va bemorning tiklanish jarayonini tezlashtiradi.
➕. Markazimizda yangi narkoz apparati joriy etilishi bilan jarrohlik bo‘limi bemorlarga yuqori sifatli, samarali va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatishga qodir bo‘ldi. Har bir amaliyot individual yondashuv asosida amalga oshiriladi
📍Qashqadaryo Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazi zamonaviy tibbiy texnologiyalarni tizimga joriy etishda izchil ish olib boradi va aholiga eng sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni davom ettiradi.