Qashqadaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida
22 октября 2025
Admin
0 Comments
Yuqori malakali jarrohlik amaliyoti — muvaffaqiyatli yakunlandi!
➕Bugun markazimizda markaz direktori, torakal jarroh Ravshanov Ma’ruf Xoshimovich boshchiligida va markazimiz fidoyi xirurglar jamoasi ishtirokida murakkab operatsiya o‘tkazildi.
🩺 Tashxis: O‘ng o‘pka pastki bo‘lagi gigant ehinokokkozi
🔺Operatsiya nomi: O‘ng tomonlama torakotomiya. Ehinokokektomiya.
Operatsiya davomida o‘pkaning pastki bo‘lagida joylashgan yirik ehinokokk kistasi ehtiyotkorlik bilan olib tashlandi. Jarayon yuqori professionallik va tajriba bilan o‘tkazildi.
⚡️Operatsiya asoratsiz yakunlandi, bemorning ahvoli hozirda qoniqarli.
Bu muvaffaqiyat — markazimiz jamoasining yuksak mas’uliyati, jipsligi va bemorlar sog‘lig‘iga bo‘lgan sadoqati natijasidir.
👏Ravshanov Ma’ruf Xoshimovich va barcha jarrohlarimizga fidokorona mehnati uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz!
Sizlarning har bir sa’y-harakatlaringiz inson hayotini saqlab qolishga, sog‘lom jamiyat qurilishiga xizmat qilmoqda!
🏥Markazimizda zamonaviy uskunalar va tajribali mutaxassislar tomonidan torakal, pulmonologik hamda ftiziatrik yo‘nalishdagi yuqori darajadagi operatsiyalar amalga oshirilmoqda.