Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazida 24-mart kuni – Butun jahon silga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbiri bo‘lib o‘tdi.
25 марта 2026
Admin
0 Comments
Tadbir davomida Markaz direktori Ravshanov Ma’ruf Xoshimovich so’zga chiqib JSST tavsiyasiga binoan 1982-yildan boshlab 24-mart «Xalqaro silga qarshi kurash kuni» deb elon qilingan. Berlin shahrida fiziologlar jamiyatida R.Kox 1882-yil 24-mart kuni «Sil etiologiyasi» mavzusida maruza qildi va sil tayoqchasini hammaga ko’rsatdi va unga 1905-yilda Nobel mukofoti berilganligini aytib o’tdi.
⚡️Tadbir davomida markazimiz xodimlari tomonidan 24-mart silga qarshi kurash kuni munosabati bilan sport tadbirlari, matbuotda chiqish va televideniyada chiqishlar o’tkazildi. Bundan tashqari oliygohlarga tashrif buyurilib sil kasalligi mavzusida maruzalar qilindi.