Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markaziga zamonaviy rentgen apparati yetkazildi
1 мая 2025
Admin
0 Comments
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 — 2026-yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-12-son qarori ijrosi doirasida, chekka hududlarda yashovchi aholining sog‘lig‘ini erta tashxislash va sil kasalligini oldini olish maqsadida Respublika silga qarshi “Global jamg‘arma” tomonidan ikki dona to‘liq jihozlangan Fujifilm sun’iy intellektga ega ultraportativ rentgen apparatlari yetkazildi.
Zamonaviy tibbiy texnologiyalar Kitob tumanidagi viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya shifoxonasi hamda Shahrisabz tumanidagi Ftiziatriya va Pulmonologiya dispanserga tantanali tarzda topshirildi. Ushbu zamonaviy qurilmalar nafaqat tashxis jarayonini yengillashtiradi, balki tibbiy xizmatlar sifatini ham keskin oshiradi.
Ushbu tashabbus aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.