Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida umumxalq hashari doirasida obodonlashtirish ishlari olib borildi
23 августа 2025
Admin
0 Comments
Yurtimizda Istiqlol bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida, 2025-yil 22–23-avgust kunlari, Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan hasharda markaz xodimlari, shifokorlar, hamshiralar hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida markaz hovlisi tozalanib, atrof-muhit saranjom-sarishta qilindi, mavjud daraxt va butalarga shakl berilib, ular oqlanib chiqildi, gulzorlar yangilanib, yangi ko‘chatlar ekildi, binolarning atrofi va yo‘laklar supurilib, chiqindilardan tozalandi.