Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida “Xavfsiz kibermakon” targ‘ibot tadbiri o`tkazildi
18 сентября 2025
Admin
0 Comments
Ma`lumki, yurtimizda 2025-yil 2-sentabrdan 2-oktabrgacha “Xavfsiz kibermakon” shiori ostida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Aholining, ayniqsa, yoshlarning internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini oshirish, ularni kiberjinoyatlardan himoyalash va ogohlikni kuchaytirish bugungi kunning dolzarb masalalardan biridir.
Shu maqsadda bugun viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir markaz direktori M.X.Ravshanov raisligida tashkil etilib, viloyat IIB Axborot texnologiyalaridagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari M.Xalilov va I.Ochilovlar ishtirok etdi. Kiberjinoyatlarning oldini olish, internet tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.