Markazimiz jarrohlik bo‘limi mutaxassislari tomonidan bugun yana bir murakkab operatsiya – diagnostik laparatomiya, bachadon ekstirpatsiyasi va ichak tutqichidan biopsiya olish amaliyoti samarali o‘tkazildi. Ushbu jarrohlik amaliyoti bemorda aniqlangan ichki a’zolardagi og‘ir patologik jarayonlarni aniqlash, xavfli asoratlarning oldini olish hamda keyingi davolash taktikasini belgilash maqsadida bajarildi. Operatsiya zamonaviy tibbiyot talablari asosida, barcha xavfsizlik choralariga rioya qilingan […]
➕Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi jarrohligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan, travmatologiya va anesteziologiya yo‘nalishidagi tajribali shifokorlar hamkorligida murakkab ortopedik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 🩻Bemorning chuqur klinik ko‘rigida tuberkulyozli artritning faol bosqichi, tuberkulyoz sinoviti, ikkala chanoq–son bo‘g‘imi boshchasining aseptik nekrozi, shuningdek koksartrozning II–III darajasi aniqlangan. Ushbu holatlar bemorda og‘riq sindromini kuchaytirib, harakat faoliyatining keskin cheklanishiga […]
Bugun, 7-noyabr kuni, Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi jamoasi uchun unutilmas bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi! ✨Tadbir “Yakkasaroy” to‘yxonasida o‘tkazilib, unda jamoamizning fidokorona mehnati va sog‘liqni saqlash sohasiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. ⚡️Tadbirda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Qurbonov Nizom Azizovich, Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi direktori Gapparov Shavkat Hasanovich, hamda Markaz direktori […]