Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar! 🎉8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun yurtimizda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda muhim tarixiy sana sifatida keng nishonlanadi. ⚖️Konstitutsiyamiz – Vatanimiz taraqqiyoti, jamiyat barqarorligi va fuqarolar farovonligining ishonchli kafolatidir. Unda belgilangan tamoyillar davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash tizimi va fuqarolar hayotining barcha jabhalarida adolat, tenglik va qonun ustuvorligini […]
Markazimiz jarrohlik bo‘limi endi yuqori aniqlikdagi, xavfsiz va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan narkoz apparati bilan faoliyat yuritadi. Ushbu uskuna bemorlarga sifatli narkoz berish, jarrohlik amaliyotlarini aniq va ishonchli bajarish, shuningdek og‘ir holatdagi bemorlarni xavfsiz uyqu holatiga kiritish imkonini ta’minlaydi. ✅Yangi apparat bemorning hayotiy ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida nazorat qiladi ,jumladan yurak urishi, qon bosimi, nafas […]
Markazimiz jarrohlik bo‘limi mutaxassislari tomonidan bugun yana bir murakkab operatsiya – diagnostik laparatomiya, bachadon ekstirpatsiyasi va ichak tutqichidan biopsiya olish amaliyoti samarali o‘tkazildi. Ushbu jarrohlik amaliyoti bemorda aniqlangan ichki a’zolardagi og‘ir patologik jarayonlarni aniqlash, xavfli asoratlarning oldini olish hamda keyingi davolash taktikasini belgilash maqsadida bajarildi. Operatsiya zamonaviy tibbiyot talablari asosida, barcha xavfsizlik choralariga rioya qilingan […]
➕Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi jarrohligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan, travmatologiya va anesteziologiya yo‘nalishidagi tajribali shifokorlar hamkorligida murakkab ortopedik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 🩻Bemorning chuqur klinik ko‘rigida tuberkulyozli artritning faol bosqichi, tuberkulyoz sinoviti, ikkala chanoq–son bo‘g‘imi boshchasining aseptik nekrozi, shuningdek koksartrozning II–III darajasi aniqlangan. Ushbu holatlar bemorda og‘riq sindromini kuchaytirib, harakat faoliyatining keskin cheklanishiga […]
Bugun, 7-noyabr kuni, Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi jamoasi uchun unutilmas bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi! ✨Tadbir “Yakkasaroy” to‘yxonasida o‘tkazilib, unda jamoamizning fidokorona mehnati va sog‘liqni saqlash sohasiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. ⚡️Tadbirda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Qurbonov Nizom Azizovich, Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi direktori Gapparov Shavkat Hasanovich, hamda Markaz direktori […]
Yuqori malakali jarrohlik amaliyoti — muvaffaqiyatli yakunlandi! ➕Bugun markazimizda markaz direktori, torakal jarroh Ravshanov Ma’ruf Xoshimovich boshchiligida va markazimiz fidoyi xirurglar jamoasi ishtirokida murakkab operatsiya o‘tkazildi. 🩺 Tashxis: O‘ng o‘pka pastki bo‘lagi gigant ehinokokkozi 🔺Operatsiya nomi: O‘ng tomonlama torakotomiya. Ehinokokektomiya. Operatsiya davomida o‘pkaning pastki bo‘lagida joylashgan yirik ehinokokk kistasi ehtiyotkorlik bilan olib tashlandi. Jarayon yuqori […]
Ma`lumki, yurtimizda 2025-yil 2-sentabrdan 2-oktabrgacha “Xavfsiz kibermakon” shiori ostida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Aholining, ayniqsa, yoshlarning internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini oshirish, ularni kiberjinoyatlardan himoyalash va ogohlikni kuchaytirish bugungi kunning dolzarb masalalardan biridir. Shu maqsadda bugun viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida uchrashuv tashkil etildi. Tadbir markaz direktori M.X.Ravshanov raisligida tashkil etilib, viloyat IIB Axborot texnologiyalaridagi jinoyatlarga […]
Gapparov Shavkat Xasanovich-viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi. Sh.Gapparov bunga qadar viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Yangi mas’uliyatli lavozim bilan tabriklaymiz va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Shu kunga qadar Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi direktori sifatida samarali faoliyat yuritgan, jamoa ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lgan Gapparov Shavkat Xasanovich — Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimga kuzatish munosabati bilan tashkil etilgan tashkiliy yig‘ilishda markaz jamoasi vakillari Shavkat Gapparovga iliq tilak va samimiy ehtiromlarini bildirdi. O‘zbekona […]
Yurtimizda Istiqlol bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida, 2025-yil 22–23-avgust kunlari, Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan hasharda markaz xodimlari, shifokorlar, hamshiralar hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar faol ishtirok etdi. Tadbir davomida markaz hovlisi tozalanib, atrof-muhit saranjom-sarishta qilindi, […]