Nishon tumani Yangiobod oilaviy shifokorlik punktida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu qabul davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, ayniqsa tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti hamda shifokorlar faoliyatiga oid masalalar atroflicha o‘rganildi. Fuqarolarning murojaatlari mas’ullar tomonidan tinglanib, ularga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatlarning asosiy qismi viloyat darajasida tibbiy xizmat […]
Biroz vaqt oldin Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazining reabilitatsiya bo‘limida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi. Kutubxona fondida tibbiy, siyosiy, jahon va o‘zbek adabiyotining eng sara namunalaridan joy olgan bo‘lib, bemorlar va ishchi xodimlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Kutubxonadan foydalanish bemorlar uchun nafaqat bilim olish, balki ruhiy dam olish va stressdan xalos bo‘lish imkoniyatini […]