Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi
26 ноября 2025
Admin
0 Comments
Markazimiz jarrohlik bo‘limi mutaxassislari tomonidan bugun yana bir murakkab operatsiya – diagnostik laparatomiya, bachadon ekstirpatsiyasi va ichak tutqichidan biopsiya olish amaliyoti samarali o‘tkazildi.
Ushbu jarrohlik amaliyoti bemorda aniqlangan ichki a’zolardagi og‘ir patologik jarayonlarni aniqlash, xavfli asoratlarning oldini olish hamda keyingi davolash taktikasini belgilash maqsadida bajarildi.
Operatsiya zamonaviy tibbiyot talablari asosida, barcha xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda amalga oshirildi.
Operatsiya jamoasi yuqori professionallik, aniqlik va tezkorlik bilan ishladi. Har bir bosqichda bemor xavfsizligi, infeksion nazorat va jarrohlik protokollariga qat’iy amal qilindi.
✅Hozirda bemor shifokorlar nazorati ostida
Amaliyot muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lib, bemorning umumiy ahvoli barqaror. U reanimatsiya bo‘limida shifokorlar tomonidan doimiy kuzatuvda.