Bugun, 7-noyabr kuni, Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi jamoasi uchun unutilmas bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi! ✨Tadbir “Yakkasaroy” to‘yxonasida o‘tkazilib, unda jamoamizning fidokorona mehnati va sog‘liqni saqlash sohasiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
⚡️Tadbirda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Qurbonov Nizom Azizovich, Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi direktori Gapparov Shavkat Hasanovich, hamda Markaz direktori Ravshanov Ma’ruf Xoshimovich samimiy tabrik so‘zlari bilan chiqish qildilar.
✅Bundan tashqari, bayram tadbirida Qarshi tumani “Momog‘ul” ansambli ham ishtirok etib, o‘zining go‘zal kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, bir qator soha fidoyilariga
🥇Faxriy yorliqlar,
📝Tashakkurnomalar
va 🎁esdalik sovg‘alari topshirildi.
➕Har bir tibbiyot xodimi — hayot posboni, inson salomatligining himoyachisidir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, mehr va sadoqatingiz tufayli jamiyatimizda sog‘lom va baxtli hayot qaror topmoqda. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va ishlaringizda yangi zafarlar tilaymiz!
📍Markazimiz jamoasini hamda barcha yurtimiz tibbiyot xodimlarini ushbu kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz! 💖
Sog‘liqni saqlash yo‘lidagi fidoyiligingiz va cheksiz sabringiz uchun minnatdormiz!